• 11 960 сум
    -46.21
  • 13 761 сум
    -3.95
  • 150 сум
    -0.02
  • БРВ
    412 000 сум
  • МРОТ
    1 271 000 сум
Ру
  • 11 960 сум
    -46.21
  • 13 761 сум
    -3.95
  • 150 сум
    -0.02
  • БРВ
    412 000 сум
  • МРОТ
    1 271 000 сум
Общество 22 ноября 2025

Guzal Adilbabaeva: IT-tafakkurdan marketing strategiyasigacha — tizim bilan o‘sish yo‘li

O‘zbekistonda raqamli reklama bozori so‘nggi yillarda sezilarli o‘zgarish bosqichiga kirdi. Instagram va qisqa video formatlari asosiy marketing kanallariga aylandi. Blogerlar soni oshdi, brendlar influencer hamkorlikka faol o‘ta boshladi. Biroq bozor hali ham professional boshqaruv va tizimli yondashuv bosqichiga to‘liq yetib kelgani yo‘q. Marketing strateg Guzal Adilbabaeva bu jarayonni ichidan kuzatayotgan mutaxassislardan biri sifatida influencer marketing va production sanoatidagi o‘zgarishlarni tahlil qiladi. U marketingni shunchaki chiroyli rasm emas, balki boshqariladigan tizim sifatida ko‘radi.

2158
0
uznews.uz

Shifokorlar oilasidagi mehnatkash qiz: Muvaffaqiyat ortidagi poydevor

Guzal Adilbabaeva boy oilada, tayyor imkoniyatlar ichida o‘smadi. U oddiy shifokorlar oilasida voyaga yetgan. Ota-onasi barcha farzandlariga, jumladan Guzalga ham maksimal darajada sifatli ta’lim berishni birinchi o‘ringa qo‘yishgan. Yoshligidan repetitorlar, ingliz tili darslari uning hayotining bir qismi bo‘lgan. Ammo bu faqat ota-onasining harakati emas, balki Go‘zalning o‘z kuchi bilan qurgan poydevori edi.

U Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetiga o‘z kuchi va bilimi bilan kirdi. IELTS’dan 7 ballni mustaqil tayyorgarlik ko‘rib qo‘lga kiritdi. Eng muhimi, 16 yoshidan boshlab ishlay boshladi, chunki u o‘z kontraktini o‘zi to‘lashni va ota-onasiga yordam berishni maqsad qilgan edi. Talabalik paytida mehmonxonada 8 soatlik smenada ishlab, vaqt va daromad o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniq his qilgan. Aynan shu "qiyinchilik" va mehnatsevarlik uni sohaning eng kuchli mutaxassislaridan biriga aylantirdi.

IT-tafakkurdan strategik marketinggacha

Guzal IT yo‘nalishida tahsil olgani uning marketingdagi eng katta ustunligi bo‘ldi. Dasturlash, "product thinking" va analitik tafakkur unga jarayonlarni tizimli ko‘rish ko‘nikmasini berdi. Raqamli mahsulot — sayt, platforma yoki o‘yin qanday ishlashini bilish marketingni kreativlikdan ko‘ra ko‘proq mexanizm sifatida tushunishiga yordam berdi.

2019-yilda Polshada, Varshavada bo‘lib o‘tgan "Women in Tech" forumi uchun grant yutib olishi uning hayotida burilish yasadi. Motivatsion xat orqali qo‘lga kiritilgan bu grant safarida u Google va boshqa global kompaniyalar vakillari bilan gaplashishga muvaffaq bo‘ldi. Raqamli dunyo qanchalik ulkan ekanini ko‘rib qaytgan Guzal, o‘zini aynan texnologik va tizimli marketingga bag‘ishlashga qaror qildi.

Influencer marketing: Tasodifiy reklama davri yakunlanmoqda

Bozorning dastlabki bosqichida influencer marketing bir martalik reklama postlari bilan cheklangan edi. Brendlar natijani o‘lchamay, faqat blogerning obunachilar soniga qarab hamkorlik qilardi. Bugun esa Guzal Adilbabaeva bu sohani professionallashtirmoqda.

Uning influencer menejment modelida 12 dan ortiq blogerlar mavjud bo‘lib, ularning har bir zayavkasi KPI va qamrov sifati asosida ko‘rib chiqiladi.

  • KPI asosida hamkorlik: Endi reklama shunchaki "story" qo‘yish emas, balki minimal 50+ otmetka yoki 10 000+ reach kabi aniq ko‘rsatkichlar bilan o‘lchanadi.
  • Professional komissiya modeli: 20% komissiya asosida ishlash tizimi shaffoflikni va sifatni ta’minlaydi.
  • Munisa Rizayevaning shaxsiy blogi: 2023-yilgi turmushidan so‘ng u O‘zbekistonning eng yirik yulduzlaridan biri — Munisa Rizayevaning shaxsiy blogini boshqarish kabi mas’uliyatli loyihani qabul qildi.

Production sanoati: Video-first davrining talablari

Qisqa video formatlar (Reels, TikTok) algoritm ustuvorligiga aylangach, production sifati marketing samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsata boshladi. Guzalning ta’kidlashicha, production jarayoni marketingdan alohida emas. Ssenariy yozish bosqichidayoq kampaniya maqsadi — savdo, qamrov yoki konversiya aniqlanadi.

U boshqaradigan "Focus" agentligida jamoa modeli shunday qurilgan:

  • Boshqaruvchi (Guzal): Hamma narsani nazorat qiladi va mijozlar bilan muloqotda bo‘ladi.
  • SMM va Production jamoasi: 10 nafar mutaxassis, jumladan videograf, dizayner va motion-dizaynerlar.
  • Haftalik brifing va deadline: Vazifalar taqsimoti va muddat nazorati agentlik ishining ajralmas qismidir.

2023-yildan keyingi yangi bosqich: Global brendlar va Premium loyihalar

2023-yil oktyabrida turmush qurishi Guzal uchun to‘siq emas, balki yangi kuch manbai bo‘ldi. Oilaviy qo‘llab-quvvatlash va ishidagi tizimlilik unga eng yirik loyihalarni amalga oshirish imkonini berdi: Bistecca restorani: Tashkent City Mall’da joylashgan ushbu restoranning marketingini to‘liq o‘z zimmasiga olib, production va SMMni yagona mexanizmga aylantirdi; Cold Stone Creamery: Jahon darajasidagi ushbu muzqaymoq brendining SMM yo‘nalishini boshqarib, global standartlarni mahalliy bozorga moslashtirdi; Podium Tashkent Fashion Show: 2025-yil dekabrida bir hafta ichida 100 dan ortiq yulduzlarni yig‘ib, nufuzli fashion-shouni tashkillashtirdi. Bu yerda u nafaqat PR, balki butun production jarayonini boshqardi; Union Cafe o‘sishi: Oylik aylanmani 100 milliondan 229 million so‘mga olib chiqish strategiyasini ishlab chiqdi.

Bozorning kelajagi haqida prognozlar

Guzal Adilbabaevaning ta'kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekistonda marketing shunchaki kontent ishlab chiqish emas, balki kompleks boshqaruv jarayonidir. Bozor rivoji frilanserlik modelidan voz kechib, faqat tizimli va jamoaviy ishlaydigan agentliklar uzoq muddatli natija bera olishini ko‘rsatmoqda. Bu jarayonda har bir sarflangan mablag‘ natijasini raqamlarda ko‘rsatishi shart bo‘lgan ma'lumotlarga asoslangan (data-driven) yondashuv ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, u professional faoliyatda qat'iy intizom va balansni muhim deb hisoblaydi; soat oltidan keyin ishlamaslik hamda dam olish kunlarini oilasiga bag‘ishlash burnoutning oldini olishning eng samarali usulidir. Zero, faqat kreativlik va analitika uyg‘unlashgandagina marketing real foyda keltiruvchi qudratli kuchga aylana oladi. Bunday strategik yondashuv sohaning yangi professional standartlarini shakllantirishda davom etmoqda.

Muallif: Sher-Ali Bo'riboyev

2158
0

Комментарии