• 11 960 сум
    -46.21
  • 13 761 сум
    -3.95
  • 150 сум
    -0.02
  • БРВ
    412 000 сум
  • МРОТ
    1 271 000 сум
Ру
  • 11 960 сум
    -46.21
  • 13 761 сум
    -3.95
  • 150 сум
    -0.02
  • БРВ
    412 000 сум
  • МРОТ
    1 271 000 сум
Общество 15 сентября 2025

Mukhammadjon Ataev: “Global bozor romantikani emas, isbotni qabul qiladi”

Xalqaro bozorda ishlash: talablar, intizom va real isbot - chet el kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz bu haqda batafsil to'xtaldi.

1841
0
uznews.uz

Sentyabr 2025 — Mukhammadjon uchun “ilhom” haqida gapiriladigan oy emas, hisob-kitob qilinadigan oy bo‘ldi. Bir tomonda, uning ta’lim yo‘ nalishidagi startapi Pathway MVP bosqichidayoq $1,3 million baholanish (valuation) bilan investitsiya kelishuvi imzoladi. Ikkinchi tomonda esa u tashkil qilgan biznes-konsalting kompaniyasi Ataev&Co AQShda birinchi mijozlar bilan ishlashni boshladi. Hozir u AQShda ro‘yxatdan o‘tgan ikki kompaniya — Pathway Consulting LTD va Ataev&Co — ning asoschisi va rahbari sifatida faoliyat yuritadi.

Bu faktlar bir-biridan alohida ko‘rinishi mumkin. Ammo Mukhammadjonning o‘zi buni bitta mantiq bilan bog‘laydi: “Natija — jarayonning mahsuli. Jarayon esa intizomni talab qiladi.”

“Biznesni fan kabi o‘rganish” qarori: nega aynan GWU tanlovi?

Uning xalqaro ta’lim haqidagi qarorlari ham “tasodifan shunday bo‘lib qoldi” ssenariysi emas. Mukhammadjon AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropadagi top universitetlardan qabul olgan. Shunga qaramay, tanlovni ongli ravishda George Washington University School of Business (GWU) foydasiga qiladi. Uning izohi aniq: GWU biznesni “nazariya” yoki “motivatsiya” sifatida emas, fan sifatida — real muammo, real data, real case’lar orqali o‘rgatadi.

Tanlovning ikkinchi omili ham pragmatik: dunyoning eng yirik kompaniyalari AQShda joylashgan. Demak, biznes muhitini “ichidan” ko‘rish, boshqaruv madaniyatini va muvaffaqiyat mexanizmlarini bevosita tushunish mumkin. Strategiya va raqamlashtirish (digitalization)ga qiziqishi ham aynan shu yo‘lga turtki bo‘lgan: innovatsion yondashuvlar va raqamli transformatsiya bo‘yicha ko‘p standartlar AQSh kompaniyalari tomonidan shakllantiriladi.

Akademik profili ham aniq: u Toshkentdagi Westminster Xalqaro Universitetida Business Management bo‘yicha Bakalavr diplomi, GWU’da esa International Business bo‘yicha Master of Science darajasini olgan.

Pathway: “talabalar muammosi”dan mahsulotgacha

Pathway g‘oyasi aynan top universitetlarga hujjat topshirish jarayonida paydo bo‘lgan. Uning ko‘rgan muammosi oddiy: salohiyat bor, lekin ko‘p yoshlarda yo‘l xaritasi yo‘q. Hujjat topshirish, resurs topish, grant/scholarship strategiyasi, o‘z yutuqlarini va o’z hikoyasini ishonchli ko‘rsatish — bularning hammasi bir-biridan uzilgan jarayonlar bo‘lib qoladi. Mukhammadjon bu holatni shunchaki “qiyin jarayon” emas, tizimli muammo deb ko‘radi — va aynan shu nuqtadan startap tug‘iladi.

GWU’da tahsil olayotgan davrida g‘oya faqat “prezentatsiya” darajasida qolib ketmaydi. U I-Corps Lean Startup qisqa kursida qatnashib, g‘oyani aniq yo‘l xarita asosida real mahsulotga aylantiradi. Ushbu mahsulot bilan New Venture Competition’da ishtirok etib, yarim final bosqichigacha yetib boradi. Bu tajribalar startap mentalitetini “ko‘proq funksiya qo‘shish”dan “bozor isboti”ga buradi: muammo kimniki, yechim qanchalik kerak, qiymat taklifi aniqmi, model ishlaydimi.

Natija sentyabrda raqamga aylanadi: GWU’da shakllangan tarmoq orqali topilgan hamkor-investor bilan kelishuv startapni MVP bosqichida $1,3 million baholash bilan bog‘langan. Hozir jamoa ilova (app) asosidagi mahsulotni ishga tushirish ustida ishlamoqda. Maqsad ham aniq qo‘yilgan: Pathway Markaziy Osiyo va boshqa rivojlanayotgan davlatlardagi yoshlarning top-300 universitetlarga scholarship bilan kirish jarayonini tizimlashtirib, ularga yo‘l ko‘rsatishni ko‘zlaydi.

Bu yerda Mukhammadjonning pozitsiyasi ham ochiq: u postsovet hududida uchraydigan “prestijli kasb tanla” yoki “oiladagilar yo‘lidan bor” stereotipiga qarshi. Uningcha, inson qodir bo‘lgan va yoqtirgan yo‘nalishda kuchli natija qila oladi — startap ham shu falsafani amaliy mexanizmga aylantirishga urinadi.

Ataev&Co: Birinchi shartnomalar va innovatsion yechimlar

Sentyabrda parallel yo‘nalish ham keskin tezlashadi. Ataev&Co — Mukhammadjonning kuzatuviga ko‘ra, bizneslarda ko‘p uchraydigan bo‘shliq: strategiya va boshqaruvda innovatsion amaliyotlar sust, raqamli vositalar kam qo‘llanadi. Shu muammo uchun u “customizable” — moslashtiriladigan — konsalting yechimlarini taklif qiladi: bunda GWU’da olingan akademik bazasi va British American Tobacco Uzbekistandagi amaliy tajriba birlashadi.

BAT’dagi tajribadan u bitta narsa olganini alohida aytadi: agile management va lean production strategy unga katta natijani kichik detallar va jarayonlar orqali ko‘rishni o‘rgatgan. Bugun Ataev&Co AQShdagi kompaniyalar bilan hamkorlik qilmoqda va imzolangan shartnomalarning umumiy qiymati $100 mingdan oshgan. Shuningdek, kompaniya mijoz ehtiyojidan kelib chiqib AI agent yechimlarini ham taklif etishni boshladi: avtomatlashtirish mumkin bo‘lgan jarayonlar chuqur tahlil qilinadi va ularni amaliy joriy etish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar beriladi.

Ekotizim: “gap” emas, institutlar bilan mexanizm

Mukhammadjonning sentyabrdagi uchinchi chizig‘i — O‘zbekiston startap ekotizimi. U Innovatsion rivojlanish agentligi va GWU Office of Innovation and Entrepreneurship bilan qo‘shma loyihaga yetakchilik qilmoqda. Loyiha maqsadi uchta aniq natijaga bog‘langan: Lean Start-up kursini O‘zbekistonga olib kirish, startap mentorlar maktabini yaratish, va mahalliy startap jamoalariga global sahnaga chiqish uchun tayyorgarlik hamda standartlar berish. Loyiha doirasida GWU’ning Innovation & Entrepreneurship ofisi startap jamoalariga Lean Start-up metodologiyasini o‘rgatadi, mentorlar esa xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlanadi.

Yakun: bir xil faktlar, bitta umumiy mezon

Uning biografiyasida erta tadbirkorlik epizodlari ham bor: bolaligida — o‘rik sotish, maktab payti — SD-kartalarda mobil o‘yin sotish va “do‘stingni olib kelsang — bepul o‘yin” kampaniyasi. Ammo bugun u bu epizodlarni “nostalgiya” uchun emas, bitta xulosa uchun eslaydi: bozor katta gaplarni emas, ishlaydigan mexanizmni qabul qiladi.

Sentyabr 2025 aynan shu mezonni raqamlarda ko‘rsatdi: $1,3 mln baholangan MVP kelishuvi, $100k+ shartnoma portfeli va O‘zbekistonga Lean Start-up metodologiyasini olib kirishga qaratilgan hamkorlik. Mukhammadjonning aytishicha, global raqobat mashaqqatli mehnat, innovatsion fikrlash tarzi va isbot topgan tanijalarni talab qiladi.

Muallif : Sher-Ali Bo'riboyev

1841
0

Комментарии