• 11 960 сум
    -46.21
  • 13 761 сум
    -3.95
  • 150 сум
    -0.02
  • БРВ
    412 000 сум
  • МРОТ
    1 271 000 сум
Ру
  • 11 960 сум
    -46.21
  • 13 761 сум
    -3.95
  • 150 сум
    -0.02
  • БРВ
    412 000 сум
  • МРОТ
    1 271 000 сум
Общество 18 декабря 2024

Kaliforniyada yangicha avtomaktab kurslarini ishga tushirish arafasidagi Jaloliddin Rahimov bilan suhbat

“Til to‘sig‘i jarimani qimmatlashtirmasligi kerak”: hamyurtimiz o'z tashabbus va g'oyalari bilan bo'lishdi.

3886
0
uznews.uz

Jaloliddin, avtomaktab g‘oyasi qayerdan boshlandi? — Oddiy kuzatuvdan: immigrantlar, ayniqsa ingliz tili zaif bo‘lganlar, jarima olganda yoki suddan xat kelganda stressi ikki baravar bo‘ladi. Qoidani buzgan-buzmaganini ham, nima qilish kerakligini ham to‘liq tushunmaydi. Natijada jarima “pul masalasi”dan ko‘ra “til masalasi”ga aylanib qoladi. Men esa shuni kamaytirmoqchiman: odam qoidani tushunsin, jarayonni bilsin, keraksiz xarajat va vaqt yo‘qolsin.

AQShdagi “traffic school” tushunchasini ko‘pchilik to‘liq bilmaydi. Bu nimani anglatadi? — Kaliforniyada traffic violator school (TVS) — sud yo‘naltirgan haydovchilar uchun xavfsiz haydash bo‘yicha ta’lim beradigan biznes. DMVning o‘zi ham TVS’ni “court tomonidan yuborilgan shaxslarga traffic safety instruction beradigan biznes” deb tariflaydi. Odam jarimani “yopish” (konfidensial qilish) yoki sug‘urta riskini oshirmaslik uchun ko‘pincha traffic school’ni tanlaydi. Lekin aynan shu jarayonda til eng katta to‘siq bo‘lib qoladi.

Nega aynan yapon auditoriyasidan boshladingiz? — Men Yaponiyada o‘qiganman va ishlaganman, jami 10 yil atrofida yashadim, u yerdagi jamiyat bilan aloqam kuchli. Yana bir amaliy sabab bor: yaponlar o‘ng tomonda haydaydigan mamlakatdan keladi, Amerikada esa chap tomonda. Bu oddiy detaldek tuyuladi, lekin adaptatsiya paytida stressni oshiradi. Ustiga-ustak sud va DMV yozishmalari tushunarsiz bo‘lsa, muammo kattalashadi. Shuning uchun birinchi yechimni yapon hamjamiyatidan boshlash mantiqiy edi.

Sizning ta’lim va karerangiz bu startapni boshlashga qanday zamin yaratdi? — Men 2013-yilda Yaponiyaga grant yutib kelganman: bir nechta universitetga topshirib, o‘sha tanlov ichidan o‘z yo‘limni topganman. O‘qish jarayonida yapon tili bilan birga biznes va iqtisodiy fikrlashni ham o‘rgandim. Keyin UNIQLO’da ishladim — u yer menga intizom, standart va jarayon bilan ishlashni “kitob” emas, amaliyotda singdirdi. Luxottica’da, keyin HSO’da (Microsoft Dynamics 365 F&O yo‘nalishida) ishlaganim esa tizimni “ichidan” ko‘rishga o‘rgatdi: jarayonlarni xaritalash, muammoni bo‘laklab yechish, foydalanuvchi tajribasini soddalashtirish.

AQShga qanday keldingiz? Ko‘pchilik “o‘qishga ketdim” deydi. Sizda boshqacha bo‘lgan. — Ha, men Amerikaga ish orqali keldim. Yaponiyadagi ish beruvchim (HSO) relokatsiya masalasida sponsorlik qilgan. Bu ko‘pchilik o‘ylagandek “oddiy yo‘l” emas — kompaniya sizga ishonishi, siz esa professional darajada tayyor bo‘lishingiz kerak. Ko‘p mutaxassislar uchun bu imkoniyat umuman ochilmagan bo‘ladi. Men buni katta mas’uliyat deb bilaman: bunday imkoniyat kelganda, uni faqat shaxsiy hayot uchun emas, qiymat yaratish uchun ham ishlatish kerak.

MBA mavzusi ham qiziq: boshlagansiz, keyin esa startapga kirib ketgansiz. Nega? — MBA — yaxshi vosita. Lekin vosita har doim ham maqsad emas. Men bir payt “mening keyingi qadamimga aynan nima ko‘proq ta’sir qiladi?” degan savolni o‘zimga berdim. O‘sha vaqtda real bozor muammosini yechish, mahsulot va tizim qurish men uchun tezroq o‘sish edi. Entrepreneur mindset deganda men romantika emas, tanlovni nazarda tutaman: resurs cheklangan bo‘lsa, eng katta ta’sir beradigan joyga fokus qilish.

Mirai Traffic School’ning AI tomoni nimada? — Biz AI’ni “shov-shuv” uchun emas, oddiy muammoni yechish uchun ishlatyapmiz: matnlarni tushunarli qilish, yo‘l xaritasini ko‘rsatish, foydalanuvchining savollariga tez javob berish. Masalan, suddan xat kelsa yoki jarima bo‘yicha savol tug‘ilsa, odamlar ko‘pincha yuristga $100–200 to‘lashga majbur bo‘ladi. Men esa birinchi bosqichda odamga “nima bo‘layapti, variantlaring nima, keyingi qadam qaysi” degan savollarga tez va tushunarli javob beradigan yordamchi modelni ko‘ryapman. Mirai Traffic School o‘zini AI-quvvatlagan va onlayn formatdagi avtomaktab sifatida taqdim etadi.

Kaliforniyada bunday maktabni ochish qanchalik murakkab? — Juda reglamentlangan. DMV talablari aniq: traffic violator school’da owner, operator va instructor rollari bo‘ladi va ularning har biri uchun litsenziya kerak. Men shu bosqichlarni bosib o‘tdim: kerakli hujjatlar, testlar, jarayonlar. Hozir ishga tushirish arafasidamiz — yakuniy ruxsat bo‘yicha jarayon tugashini kutyapmiz.

Bu biznesda sizga Yaponiyada o‘rgangan qaysi “texnikalar” ko‘proq yordam beryapti? — Birinchisi — Kaizen: har kuni kichik yaxshilash. Startapda “birdan mukammal” degan narsa yo‘q, lekin har kuni 1% yaxshilash bo‘lsa, bir oyda natija ko‘rinadi. Ikkinchisi — PDCA (Plan–Do–Check–Act): reja qilamiz, sinaymiz, o‘lchaymiz, tuzatamiz. Uchinchisi — vaqtni bloklash: ishni “bo‘sh vaqtda” qilmayman, kalendarga qat’iy qo‘yaman. Bu ayniqsa AQShdagi ish ritmida juda kerak.

Mirai’ni keyin boshqa tillarga ham chiqarish rejangiz bormi? — Ha. Hozir yapon–ingliz yo‘nalishi birinchi bosqich. Keyin rus va o‘zbek tilini ham qo‘shish niyatim bor — chunki Kaliforniya va Nyu-Yorkda bu hamjamiyatlar katta. Maqsad bitta: tizimni tushunarli qilish. Tilni tushungan odam qoidadan ham qo‘rqmaydi, jarayonda ham adashmaydi.

Sizningcha, immigrantlar uchun eng katta xato nima? — “Hamma narsa o‘zi bo‘lib ketadi” deb o‘ylash. AQShda tizim ishlaydi, lekin siz ham tizim bilan ishlashni o‘rganishingiz kerak: hujjatni vaqtida topshirish, muddatni o‘tkazmaslik, jarayonni tushunish. Til bo‘lmasa ham, yo‘l xaritasi bo‘lsa, hammasi yengillashadi. Men aynan shu yo‘l xaritasini “oddiy tilda” berishni xohlayman.

2025 uchun bitta maqsad? — Mirai’ni barqaror ishga tushirish, foydalanuvchi tajribasini silliqlash va keyin bosqichma-bosqich boshqa shtatlarga chiqish. Kaliforniya — boshlanish. Ammo muammo ko‘p joyda bir xil: til, stress, jarayon. Yechim ham tizimli bo‘lishi kerak.

Muallif: Sher-Ali Bo'riboyev

3886
0

Комментарии